O‘zA O`zbek

09.10.2018 Chop etish versiyasi

BMT qochoqlarga yordam koʻrsatuvchi moliyaviy manbalar yetishmasligidan xavotirda

BMT qochoqlarga yordam koʻrsatuvchi moliyaviy manbalar yetishmasligidan xavotirda

Bugun Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda BMTning qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissarligi boshqarmasi rasmiy vakili Babar Balox qochoqlarga yordam koʻrsatuvchi moliyaviy manbalar yetishmasligidan xavotirda ekanini aytib oʻtdi, deb yozadi TASS.

Babar Baloxning bildirishicha, Suriyani tark etishga majbur boʻlgan qochoqlarga koʻmak koʻrsatish uchun BMTga joriy yilda 1,968 milliard dollar zarur boʻladi, ammo hozirgi kunga qadar ushbu mablagʻning 35 foizi moliyalashtirilgan xolos. 

Shuningdek rasmiy vakil, mablagʻ yetishmasligi tufayli Burundi, Kongo Demokratik Respublikasi, Afgʻoniston, Janubiy Sudan va Somali qochoqlariga koʻmak berish holati ham yaxshi emasligini maʼlum qilgan. Babar Balox soʻzlariga koʻra, ushbu mamlakatlarni tark etgan 68 million kishiga yordam berish uchun 2018 yilda BMTga 8,2 milliard dollar zarur boʻlib, tashkilot mablagʻning 55 foizini yil oxirigacha olishni moʻljallamoqda. 

Babar Baloxning eslatishicha, mamlakatlarni tark etayotgan qochoqlar koʻpaygan sayin, donor tomonlar ajratayotgan mablagʻlar miqdori kamayib bormoqda. Misol uchun, 2016 yilda qochoqlarga yordam koʻrsatishga ketadigan mablagʻning 57 foizi yigʻilgan boʻlsa, oʻtgan yilda bu koʻrsatkich 56,6 foizni tashkil etgan.

2 134
Malohat Husanova, OʻzA