O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

BMT koronavirus tufayli barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

BMT koronavirus tufayli barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh katta yigirmatalik davlatlari rahbarlariga maktub yoʻllab, koronavirus tarqalishi sahnida barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Chunki mazkur sanksiyalar oziq-ovqat, tibbiy yordam va kundalik zarur buyumlarni yetkazishga halaqit bermoqda .

Bundan tashqari, Bosh kotib koronavirusga qarshi kurashish uchun tibbiy jihozlar, dori-darmon va boshqa tovarlarni yetkazib berilishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan transchegaraviy savdoga joriy qilingan cheklovlarni ham bekor qilishga chaqirdi.

“Hozir birdamlikni namoyon qilish vaqti, oʻz qobigʻiga bekinib olish emas”, deyiladi Antoniu Guterresh yoʻllagan maktubda

Guterreshning fikricha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti shafeligida koronavirus oqibatlari bilan kurashish uchun harakat qilish mexanizmini yaratish kerak. Bu global javob choralarini kuchaytiradi va virusni toʻxtatish uchun koʻproq imkoniyat beradi, deydi u.

1 096
OʻzA