O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

BMT Bosh kotibi: Koronavirus bilan kurashish "urush davri” rejasini talab qilmoqda

BMT Bosh kotibi: Koronavirus bilan kurashish "urush davri” rejasini talab qilmoqda

Koronavirus muammosi keskin choralarni koʻrishni talab qilmoqda, "urush davri” rejasi kerak, deyiladi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshning kuni kecha katta yigirmatalik davlatlariga yoʻllagan maktubida.

“COVID-19 avval koʻzda tutilmagan javobni - ”urush davri” rejasini talab qilmoqda. Katta yigirmatalik davlatlari rahbariyatida koronavirus tufayli yuzaga kelgan turli tahdidlarga qarshi kuchli javob choralari mavjud. Bu, dunyo xalqlarining birdamligini namoyish qilgan boʻlardi", - deyiladi maktubda.

Bundan avval, 26-mart kuni katta yigirmatalik davlatlarining koronavirus boʻyicha sammiti boʻlib oʻtishi haqida maʼlum qilingan edi. Onlayn tarzda oʻtkazilishi nazarda tutilgan ushbu tashabbusni Saudiya Arabistoni ilgari surgandi. Sammit COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash choralarini oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda olib borish mavzusiga bagʻishlanadi.

617
OʻzA