O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Blumberg Trampga qarshi kurash uchun 500 million dollar ajratadi

Blumberg Trampga qarshi kurash uchun 500 million dollar ajratadi

Nyu-York sobiq hokimi, Bloomberg kompaniyasi asoschisi, milliarder Maykl Blumberg shaxsiy mablagʻlaridan 2020 yilda Donald Trampning raqibi kampaniyasini moliya bilan taʼminlash maqsadida kamida 500 million dollar ajratishga qaror qildi, deya xabar beradi Politico nashri.

Bu raqib uning oʻzi boʻlishi nazardan qochirilmayapti. Hozircha Blumberg AQSH Prezidentligiga Demokratik partiyadan oʻz nomzodini koʻrsatish masalasida qaror qabul qilmadi. Ammo Politico manbalarning taʼkidlashicha, bu Nyu-York sobiq hokimi amaldagi Prezidentga zarba berish maqsadida koʻradigan yuqori emas, balki quyi choradir. Bu mablagʻ 2016 yilda Donald Tramp tomonidan butun saylov jarayonida sarflangan mablagʻlaridan 175 million dollarga koʻpdir.

“500 million – bu Blumbergning umumiy boyligining 1 foizi, – deydi uning yordamchisi Kevin Shiki. – U soʻnggi bor Nyu-York hokimligiga saylanganida, oʻz kampaniyasi uchun 100 million dollar sarflagan edi. Nyu-York — Amerika aholisining atigi 3 foizi demakdir. Shunday ekan, 500 million umummilliy kampaniya uchun katta mablagʻ emas”.

Blumbergning soʻzlariga qaraganda, prezidentlikka nomzodini koʻrsatish yoki koʻrsatmaslik borasidagi qaror oʻzining shaxsiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.

872
Sharofiddin Toʻlaganov, OʻzA