O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Bloomberg Moskva bilan Ar-Riyod oʻrtasidagi neft urushi uzoq davom etishini bashorat qilmoqda

Bloomberg Moskva bilan Ar-Riyod oʻrtasidagi neft urushi uzoq davom etishini bashorat qilmoqda

Rossiya bilan Saudiya Arabistoni neft narxi boʻyicha bir toʻxtamga kelish niyatida emas, deb yozadi Bloomberg agentligi.

Maqolada aytilishicha, Ar-Riyod oʻz pozitsiyasini oʻzgartirmasligini tasdiqlagan. Saudiya Arabistoni Rossiya bilan muzokaralar oʻtkazayotganini inkor etdi.

“Saudiya Arabistoni va Rossiya energetika vazirlari oʻrtasida OPEK+ kelishuvida ishtirok etuvchi mamlakatlar sonini oshirish yoki neft bozorida narxlarni muvofiqlashtirish borasida hech qanday aloqa qilinmagan“, — deyiladi Saudiya Arabistoni energetika vazirligi tarqatgan bayonotda.

Ar-Riyodning ushbu bayonoti shundan guvohlik beradiki, Saudiya Arabistoni bilan Rossiya oʻrtasidagi neft narxi boʻyicha urush OPEK aʼzolarining qarshiligiga qaramasdan hali uzoq davom etadi, deydi agentlik.

“Ularning bahsi ushbu ikki davlatning ittifoqchilariga ham, raqiblariga ham tahdid soladi, hatto amerikaning slans neft kompaniyalari ham bozordan siqib chiqarilishi mumkin“, — deya taʼkidlanadi Bloomberg tarqatgan xabarda.

Bundan avval AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistonini jahon moliya va energetika bozorini “xotirjam qilishga” chaqirgan edi.

890
OʻzA