O‘zA O`zbek

12.02.2019 Chop etish versiyasi

“Biz shartnomani hududiy masalaning yechimiga koʻra imzolamoqchimiz”

“Biz shartnomani hududiy masalaning yechimiga koʻra imzolamoqchimiz”

Moskva bilan tinchlik shartnomasi faqatgina ikki davlat chegaralariga qatʼiy aniqlik kiritilganidan soʻng imzolanadi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe parlamentda shunday fikrni aytdi.

Uning aytishicha, Moskva va Tokio ikki emas, toʻrt orolning hududiy daxldorligini muhokama qilmoqda. “Biz shartnomani hududiy masalaning yechimiga koʻra imzolamoqchimiz”, dedi Abe. REGNUM xabariga koʻra, avvalroq, Abe mazkur masala avlodlar zimmasiga qoldirmasdan hal qilinishini aytgandi.

908
OʻzA