O‘zA O`zbek

28.08.2018 15:28 Chop etish versiyasi

Bishkekda Oltoy tamaddunini oʻrganishning yangi bosqichi muhokama qilinmoqda

Bishkekda Oltoy tamaddunini oʻrganishning yangi bosqichi muhokama qilinmoqda
Bishkek shahrida Oltoy tillar oilasi xalqlarining madaniyati va tarixini oʻrganish masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda “Kazinform“ xabar beradi.

Konferensiyada 14 mamlakatdan tarixchi olimlar qatnashmoqda.

Tadbirning ochilishida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ishtirok etdi.

“Anʻanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan ushbu anjuman dunyoda Oltoy xalqlari merosi, tarixi va madaniyatini oʻrganishda katta qiziqish borligidan dalolat beradi“, deb taʻkidladi Qirgʻiziston rahbari.

Uning qayd etishicha, oltoyshunos olimlarning mashaqqatli mehnati tufayli bu konferensiya xalqaro institut darajasiga koʻtarilishga muvaffaq boʻldi.

Konferensiya 30-avgustga qadar davom etadi. Uning yakuni boʻyicha Oltoy madaniyatining insoniyatga nomaʻlum yangi jihatlariga bagʻishlangan maxsus toʻplam nashr etilishi rejalashtirilgan.

Dilobar Mamatova, OʻzA
1 874