O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

04.09.2018 13:09 Chop etish versiyasi

Birlashgan Qirollik hukumati saylov tizimida oʻzgarish

Birlashgan Qirollik hukumati saylov tizimida oʻzgarish

Buyuk Britaniya hukumati saylov jarayonidagi firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida onlayn ovoz berish turini bekor qildi, deb xabar bermoqda Sky News axborot agentligi.

Hukumat vakillarining ushbu qaror oldidan bildirgan fikrlariga koʻra, onlayn ovoz berish usuli mamlakat tashqarida boʻlgan fuqarolarning saylovda ishtirok etishida ancha qulaylik yaratadi. Lekin saylov jarayonlari xavfsizligiga yetarlicha tahdid solmoqda. Shuningdek, mazkur usul aholining imkoniyati cheklangan vakillari uchun ham ishonchsiz deb hisoblanmoqda.

Tan olish kerak, dunyoning koʻplab mamlakatlari qatori Avstraliya va Estoniya saylov tizimida ovoz berishning ushbu usuli keng qoʻllaniladi.

Ruksana xonim, huquqshunos, imkoniyati cheklanganlar uchun xizmat koʻrsatuvchi kompaniya xodimi: “Toʻgʻri, saylov varaqalar orqali ovoz berish usuli ham koʻzi ojiz kishilar uchun yetarlicha imkoniyat yaratmaydi, lekin maʼlumotlarni qogʻozda ifodalash kompyuter orqali maʼlumotlarni yetkazishdan koʻra ancha samaralidir. Saylov jarayonlarida koʻzi ojizlarning ishtirokini taʼminlash maqsadida hali hanuz toʻliq imkoniyatlar yaratilmagan“.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA