O‘zA O`zbek

28.03.2020 Chop etish versiyasi

Bir yoʻla toʻrtta bemor oʻpkasiga havo beradigan apparat yaratildi

Bir yoʻla toʻrtta bemor oʻpkasiga havo beradigan apparat yaratildi
Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligida oʻpkani sunʼiy shamollatadigan yangi apparat namunasini yaratildi. Ushbu apparat bir vaqtning oʻzida toʻrtta bemorning oʻpkasiga havo beradi. Agentlik rahbari Veranika Skvorsova mamlakat televideniyasining birinchi kanali orqali chiqish qilib, shu haqda maʼlum qildi.

Uning aytishicha, mazkur tizim shu kabi xorijiy apparatlardan shunisi bilan farq qiladiki, unda bakteritsidli filtrlar oʻrnatilgan va u bemorlar bir vaqtda apparatga ulangan paytda bir-biriga kasallikni yuqtirmaydi.

“Dushanbadan boshlab apparatni ishlab chiqarishni boshlaymiz, aprel oyida 80 ming komplekt ishlab chiqariladi“, — dedi Skvorsova.

Shuningdek u, hozirda Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligida koronavirusga qarshi yetti turdagi vaksina mavjudligini taʼkidladi. Biroq, ushbu vaksinalar kamida 11 oydan keyin qoʻllashga tayyor boʻladi.

Ayni damda Rossiyada koronavirusga chalinish boʻyicha 1036 ta holat aniqlangan. Ularning aksariyati Moskva shahrida qayd etilgan. 45 kishi sogʻayib ketdi, toʻrt bemor pandemiya qurboni boʻldi.

1 136
OʻzA