O‘zA O`zbek

30.07.2019 Chop etish versiyasi

Bir haftalik amaliyotda 2244 nafar muhojir qoʻlga olingan

Bir haftalik amaliyotda 2244 nafar muhojir qoʻlga olingan

Turkiya huquqni himoya qiluvchi organlari oʻtgan hafta davomida 2 ming 244 nafar noqonuniy muhojirlarni qoʻlga tushirdi.

Anadolu Ajansi xabariga koʻra, muhojirlarni tutish boʻyicha amaliyot bir vaqtning oʻzida mamlakatning bir necha viloyatida oʻtkazilgan. Qoʻlga olinganlarning barchasi muhojirlik markazlariga keltirilgan, bu yerda ularni qaytarib yuborish masalasi koʻrib chiqiladi. Eslatib oʻtamiz, Yevropaga oʻtishni maqsad qilgan bu muhojirlarning aksariyati Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan kelgan.

850
OʻzA