O‘zA O`zbek

24.07.2020 Chop etish versiyasi

Biolog: “Koronavirusga qarshi kurashish uchun vaksinaning yangi avlodi kerak”

Biolog: “Koronavirusga qarshi kurashish uchun vaksinaning yangi avlodi kerak”

COVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksinaning yangi avlodi yaratilmoqda. Ushbu vaksina qabul qilinganda inson tanasida koronavirusga qarshi bir yildan ortiq muddatga yetadigan immunitet hosil qiladi, deydi AQSHdagi Jorj Meyson universiteti professori, biologiya fanlari doktori Ancha Baranova RIA Novostiga bergan intervyusida.

“COVID-19 ga qarshi tabiiy immunitet qisqa muddat uchun, agar kasal boʻlib chiqqan boʻlsangiz koʻpi bilan yarim yilga yetadi. Shu bois vaksinaning birinchi avlodidan foydalanishdan maʼno yoʻq. Undan hosil boʻlgan immunitet ikki yoki uch oyga yetadi, xolos. Bu aholini har ikki-uch oyda ommaviy emlash kerak deganidir. Mantiqan olib qaraganda, bunday qilish nodonlikdan boshqa narsa emas”, - deydi Baranova.

Uning taʼkidlashicha, shunday vaksina yaratish lozimki, u koronavirus infeksiyasi tabiiy holda hosil qilgan immunitetga qaraganda yana-da kuchli immunitet hosil qilsin.

“Ushbu vaksina mutlaqo boshqa texnologiyaga asoslanadi. Agar biz kasal boʻlganimizdan keyin immunitetimizga uzogʻi bilan ikki yoki uch oydan to olti oygacha suyanadigan boʻlsak, yangi texnologiya asosida yaratiladigan vaksinadan bir yilga, ehtimol undan ham koʻpga umid qilishimiz lozim”, - deya izoh berdi Baranova.

Olimning taʼkidlashicha, vrachlar yangi vaksina hosil qiladigan immunitetga hozircha bir yil muddat beryapti, chunki yangi avloddagi vaksina hali ommaviy ravishda qoʻllanilgani yoʻq.

“Sodda qilib aytganda, vaksinatsiya kasallanish ehtimolini ikki barobarga kamaytiradi va xastalikni nisbatan yengil kechishiga yordam beradi, lekin qandaydir 100 foiz yoki 90 foizga bartaraf etadi, deyish notoʻgʻri, gap u haqda ketmayapti. Shu bois insonda tanlov bor, yoki maslahatga koʻnib vaksina oladi yoki ehtimol kasal boʻlmasman, deb oʻzini emlamaydi, yaʼni lotereya oʻynaydi”, - deya taʼkidladi Baranova.

Birinchi avlod vaksinasi boshqa viruslarga bas keldi, lekin COVID-19 ga qarshi yangi ishlanmalardan foydalanish kerak. Demak, hozir ishlab chiqaruvchilar uchun bozorga yangi vaksina chiqarish imkoniyati paydo boʻldi.

1 870
OʻzA