O‘zA O`zbek

23.07.2020 Chop etish versiyasi

Bill Geyts: Odamlarni COVID-19 ga qarshi bir marta vaksinatsiyalash kamlik qilishi mumkin

Bill Geyts: Odamlarni COVID-19 ga qarshi bir marta vaksinatsiyalash kamlik qilishi mumkin

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash xayriya fondiga 300 million dollar bergan Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning ogohlantirishicha, insonlarda koronavirusga qarshi immunitet shakllanishi uchun vaksinaning bir emas, bir necha dozasi kerak boʻlishi mumkin.

“Hozirgi paytda birorta vaksina ham bir martalik dozasi bilan taʼsir qilganini koʻrmadik. Avval boshda shunga umid qilgandik, lekin unday boʻlmaydiganga oʻxshaydi”, - dedi Geyts CBS News telekanaliga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, u kelgusida vaksinalarning birortasi, ayniqsa ikkinchi avlodi baribir moʻjiza yaratishi mumkinligini istisno etmadi.

Bill va Melinda Geyts fondi JSSTning ikkinchi yirik donori hisoblanadi.

Ushbu fond 2018-2019-yilgi JSST byudjetining 9,76 foizini taʼminladi. Mazkur fond dori-darmon va vaksina ishlab chiqarish sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish bilan shugʻullanib kelmoqda.

1 646
OʻzA