O‘zA O`zbek

23.07.2020 Chop etish versiyasi

Belgiyadagi aeroportda yongʻin sodir boʻldi

Belgiyadagi aeroportda yongʻin sodir boʻldi

Payshanbaga oʻtar kechasi Belgiyadagi Lej aeroportida yongʻin sodir boʻldi, deb xabar berdi mahalliy “Tele Liege” axborot manbasi.

Maʼlumotda aytilishicha, “Aeroservices” kompaniyasining aeroportdagi samolyotlarga xizmat koʻrsatuvchi binosida yongʻin chiqqan. Aeroportning rasmiy vakili Kristian Delkurning soʻzlariga koʻra, uch yoʻnalishdagi parvoz amaliyoti boshqa aeroportlarga koʻchirilgan. Lekin aeroport ishi butunlay toʻxtatilmagan.

Tongga yaqin oʻt oʻchiruvchilar yongʻinni bartaraf qilishga muvaffaq boʻlgan. Aeroport xodimlaridan hech kimga zarar yetmagani, yongʻin bino ichida boʻlishi mumkin boʻlgan kichik samolyotlardan tashqari yirik avialaynerlarga daxl qilmaganini, lekin anchagina moddiy zarar koʻrilganini maʼlum qilingan.

1 628
OʻzA