O‘zA O`zbek

09.07.2019 09:24 Chop etish versiyasi

Belarus hukumati Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi tarafdori

Belarus hukumati Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi tarafdori

“Minsk Rossiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Britaniya va AQSh ishtirokidagi Donbass bo‘yicha muloqotni tashkillashtirishga tayyor“, dedi Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey.

“Sputnik” Belarus vazirining “Minsk bu muloqotni o‘tkazishga nafaqat tayyor, balki hukumat Ukraina zaminida tinchlik o‘rnatilishi bilan bog‘liq har qanday sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlaydi”, deganini iqtibos qilgan.

Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga Donbass va Qrim bo‘yicha Minskda muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgan edi.

O‘zA
541