O‘zA O`zbek

25.08.2018 11:58 Chop etish versiyasi

BBC muxbiri reportaj uzatish vaqtida jarohatlandi

BBC muxbiri reportaj uzatish vaqtida jarohatlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Gavayi orollarida yuz bergan Leyn boʻroni yuzasidan radioreportaj taqdim etildi.

BBC axborot agentligining Shimoliy Amerikadagi muxbiri Jeyms Kuk 23 avgust kuni AQSHning Gavayi orollarida yuz bergan Leyn boʻroni yuzasidan axborot tarmogʻiga radioreportaj olib borayotgan vaqtida, tabiiy ofatdan qochishga uringan, oqibatda oyoq qismidan jarohatlangan. Axborot agentligi oʻz saytida bergan maʻlumotiga koʻra, hozirda muxbirning ahvoli ancha yaxshi.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
2 527