O‘zA O`zbek

13.02.2019 Chop etish versiyasi

“Barklays” banki Brexitga 200 million funt sterling sarflagan

“Barklays” banki Brexitga 200 million funt sterling sarflagan Buyuk Britaniyadagi eng yirik banklardan biri "Barklays" Brexitga tayyorgarlik koʻrish operatsiyalarini oʻtkazish uchun 200 million funt sterling yaʼni 258 million dollar mablagʻ sarflangan. Bu haqda "Barklays" banki rahbarlar kengashi raisi Jerri Grimston chorshanba kuni batafsil aytib berdi.

Xalqaro banklar, Yevropa Ittifoqi boʻylab oʻz filiallarini ochishdi, bunga Buyuk Britaniyaning 2016 yildagi EIni tark etish haqidagi qarori sabab boʻldi. Chunki ularning Londondagi faoliyatlari cheklanadigan boʻlsa, boshqa joydan turib mijozlariga xizmat koʻrsatishni davom ettirishlari kerak edi.

Bundan tashqari, Londonda ish olib boruvchi boshqa banklar ham Brexit sabab katta miqdordagi sarmoyani boshqa davlatdagi filiallariga koʻchirishgan.

952
OʻzA