O‘zA O`zbek

03.10.2018 09:16:39 Chop etish versiyasi

Barham Solih Iroqning yangi prezidenti


Iroq parlamenti mamlakatning yangi prezidentini sayladi.

Reuters agentligi xabariga koʻra, 329 deputatning 219 nafari ovoz bergan Barham Solih Iroqning yangi prezidenti boʻlgan.

“Men Iroqning yaxlitligi va xavfsizligini saqlashga vaʼda beraman”, degan Solih prezidentlikka saylanganidan keyingi soʻzida. Solihning saylanishi mamlakatdagikeyingi paytlarda kuzatilayotgan siyosiy tanazzulning yakuni sifatida koʻrilmoqda. Iroq konstitutsiyasiga koʻra, yangi prezident 15 kun ichida bosh vazirni tayinlashi va bir oy ichida yangi hukumatni shakllantirishi kerak.