O‘zA O`zbek

01.02.2019 Chop etish versiyasi

Ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Pokiston harbiylari navbatdagi ballistik raketa sinovini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 

“Geo TV” xabariga koʻra, raketa davlat strategik kuchlar qoʻmondonligi oʻquv mashgʻulotlari doirasida uchirilgan. 

Sinovdan maqsad – raketaning imkoniyatlari va takomilga yetkaziluvchi jihatlarini koʻzdan kechirishdan iborat boʻlgan. 

Taʼkidlanishicha, raketaning muvaffaqiyatli sinovidan qoʻmondonlik qoniqish hosil qilgan.

1 172
OʻzA