O‘zA O`zbek

16.02.2020 Chop etish versiyasi

Bagʻdodda koalitsiya kuchlari harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi

Bagʻdodda koalitsiya kuchlari harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi

Bogʻdodda ISHIDga qarshi kurashish uchun birlashgan AQSH yetakchiligidagi koalitsiya kuchlarining harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda Reyter, amerikalik harbiy manbaga tayanib.

Frans Press agentligi esa AQSHning Iroqdagi elchixonasi yaqinida raketalar qulagani haqida xabar berdi. Al-Arabiya telekanalining qayd etishicha, ular “yashil hudud“ga tushgan.

Hujum paytida diplomatik vakolatxona hududida ogohlantiruvchi sirenalar yangragan.

Qancha raketalar otilgani va ularning qaysi nishonlarni zabt etgani haqida maʼlumotlar berilmadi.

AQSH boshchiligidagi koalitsiya Bogʻdoddagi bazalar raketa hujumiga uchraganini tasdiqladi, deb yozmoqda TASS.

Polkovnik Mayls Keggins hech kim jabr koʻrmaganini aytgan.

“Koalitsiya harbiylari joylashgan Iroqdagi bazaga 16-fevral kuni ertalab 03:24 da raketa zarbalari berilganini tasdiqlaymiz. Yoʻqotishlar boʻlmadi, tekshiruvlar olib borilmoqda“ deb yozgan Keggins oʻzining Twitter dagi sahifasida.

AQSH polkovnigi voqeaning boshqa tafsilotlarini keltirib oʻtmagan.

2 706
OʻzA