O‘zA O`zbek

09.07.2020 Chop etish versiyasi

BAAda koronavirusga chalinganlarni aniqlash uchun itlardan foydalanilmoqda

BAAda koronavirusga chalinganlarni aniqlash uchun itlardan foydalanilmoqda

Birlashgan arab amirligi ichki ishlar vazirligi politsiyada xizmat qiladigan itlardan koronavirusga chalingan bemorlarni aniqlashda foydalanishni boshladi, deyiladi vazirlikdan tarqatilgan xabarda.

“Vazirlik koronavirus tarqalishining oldini olish uchun politsiya itlarini oʻqitib boʻldi”, - deyiladi xabarda.

Vazirlikdagilarning taʼkidlashicha, itlar koronavirusga chalinganlarning hidini aniqlash uchun ikki hafta davomida yetaklab yurilgan va itlar qisqa vaqtda koronavirus infeksiyasiga chalinganlarni 92 foiz aniqlik bilan topib bermoqda. Itlardan odamlar ommaviy toʻplanadigan koʻplab yirik muassasalarda foydalaniladi.

Bundan tashqari, mamlakat ichki ishlar vazirligi boshqa xavfli kasalliklarni, jumladan, sil va bezgakga chalinganlarni ham aniqlashda politsiya itlaridan foydalanishga qaror qildi.

BAA sogʻliqni saqlash vazirligining soʻnggi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda hozirgacha koronavirus infeksiyasi bilan 53 ming kishi qayddan oʻtgan. 327 kishi ofat qurboni boʻldi.

2 093
OʻzA