O‘zA O`zbek

14.08.2018 19:02 Chop etish versiyasi

Avtomobillar harakatlanayotgan ko‘prik qulab tushdi

Avtomobillar harakatlanayotgan ko‘prik qulab tushdi Italiyaning Genuya shahri yaqinida avtomobillar harakatlanayotgan ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda Italiyaning Adnkronos agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prikning 100 metrcha qismi qulab tushgan va unda taxminan 20 tacha avtomobilharakatlanayotgan edi. Ularning bir nechtasi daryoga qulagan. Jabrlanganlar va qurbonlar soni o‘ndan ortiq, deya taxmin qilinmoqda. Voqea joyiga tez yordam, o‘t o‘chirish va militsiya xodimlari o‘z vaqtida yetib kelgan. Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari ko‘prik osti va yaqinida savdo markazlari, sanoat omborlari hamda ayrim aholi uy-joylari bo‘lgan.

Italiyaning shimoli-g‘arbidagi Genuya shahri yaqinidagi ushbu Morandi ko‘prigi 1962-1968 yilda Condotte kompaniyasi tomonidan qurilgan bo‘lib, uzunligi 1,1 kilometrni tashkil etadi. Inshoot 2016 yilda qayta ta’mirlangan edi.

Umida Qurbonova, O‘zA
2 491