O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Avtomobil savdosi keskin kamaymoqda

Avtomobil savdosi keskin kamaymoqda Dunyoning eng katta avtomobil bozorida sotuvlar kamayib bormoqda. Bu ularning oʻsishiga ishongan global brendlar uchun katta muammolarga olib kelishi mumkin, deya xabar bermoqda CNN nashri.

Xitoy yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun yillar mobaynida eng katta savdo manbai boʻlib kelgan. Chunki tezkor iqtisodiy oʻsish millionlab isteʼmolchilarga oʻrta sinf maqomini belgilash uchun mablagʻ sarflashga imkon berdi. “General Motors“ va “Volkswagen“ singari kompaniyalarga Xitoy bozori Qoʻshma Shtatlar va Yevropaga qaraganda, koʻproq daromad keltiradi.

Biroq, endilikda bu kompaniyalar Xitoy bozorida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunga Xitoy va AQSH oʻrtasidagi savdo urushi asosiy sabab qilib koʻrsatilmoqda.

“Volkswagen“ kompaniyasining seshanba kungi maʼlumotlariga qaraganda, kompaniyaning Xitoydagi savdosi oʻtgan oyda qariyb 11 foizga kamaygan. Bir kun oldin, “General Motors“ uchinchi chorakda mamlakatdagi savdo 15 foizga kamayganini aytgan edi. “Land Rover“ Xitoydagi sotuvlari sentyabr oyida 46% pasayganidan keyin ikki hafta davomida ingliz fabrikalaridan birini yopib qoʻydi. Shuningdek, mamlakatda “Ford“ning sotuvlari bir necha oydan beri pasayib bormoqda.

Ushbu holatlar Xitoy bozoridagi barcha avtomobil sotuvchilarini qattiq xavotirga solib qoʻygan.

2 299
OʻzA