O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Avtobuslarda avtomatik tormozlanish tizimini oʻrnatish loyihasi qoʻllab-quvvatlanmoqda

Avtobuslarda avtomatik tormozlanish tizimini oʻrnatish loyihasi qoʻllab-quvvatlanmoqda

Janubiy Koreya hukumati shaharlararo qatnovchi avtobuslarda avtomatik tormozlanish tizimini oʻrnatish loyihasini qoʻllab-quvvatlaydi. YTN telekanali xabariga koʻra, hukumat bu maqsadga 1,75 milliard von, yaʼni 1,56 million dollar ajratadi.

Hozirda bunday tizim 1400 ta avtobusga oʻrnatiladi. Maʼlumot uchun, bu tizim oʻrnatilgan avtobus toʻqnashuv muqarrar boʻlgan obyektga maʼlum masofa qolganida oʻz-oʻzidan avtobusni toʻxtatib qoʻyadi.

863
OʻzA