O‘zA O`zbek

15.08.2018 17:33 Chop etish versiyasi

Avstraliya Senatiga birinchi musulmon ayol saylandi

Avstraliya Senatiga birinchi musulmon ayol saylandi Mehren Faruqiyning musulmon ayollardan birinchi bo‘lib Avstraliya Senatiga a’zo bo‘lishi mamlakatning irqchilikka qarshi kurashdagi jiddiy harakati, deb baholandi.

Asli Pokistonda tug‘ilgan Faruqiy xonim BBC axborot xizmatiga bergan intervyusida “Avstraliyaning kelajagi aholining turli millat vakillaridan iboratligi bilan kuchlidir”, – deb ta’kidladi.

Mehren Faruqiy 1992 yili oilasi bilan Pokistondan Avstraliyaga ko‘chib kelgan. U siyosatga kirib kelishidan avval atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha akademik va doktorlik darajasiga ega bo‘lgan.

2013 yilda uning shahar parlamentiga saylanishi Avstraliyada musulmon ayolning siyosiy idoralardagi faoliyatiga yo‘l ochdi.

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA
2 304