O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 15:31 Chop etish versiyasi

Avariya holatidagi uy-joylar koʻpaymoqda

Avariya holatidagi uy-joylar koʻpaymoqda

Har yili Rossiyada umumiy maydoni 2 million kvadrat metrga yaqin uy-joylar avariya holatida, deb topiladi.

"vesti.ru“ning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasining qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Andrey Chibis bu haqda maʼlum qilgan.

“Loyiha pasportining tasdiqlanishini kutish lozim. Shundagina 2024 yilgacha qayta joylashtiriladigan uy-joylar sonini aniq aytish mumkin. Umuman olganda, qayta joylashtiriladigan uy-joylar avariya holatidagilarga nisbatan koʻp boʻlishi kerak. Avariya holatida deb topilayotgan uy-joylar (ularning umumiy maydoni yiliga 2 million kvadrat metrni tashkil qilmoqda) soni esa oʻsib bormoqda. Agar biz kapital taʼmir tizimini yoʻlga qoʻymaganimizda, hozirgi koʻrsatkichlar birmuncha yuqori boʻlishi ham mumkin edi” degan Andrey Chibis OAVga bergan intervyusida.

Malohat Husanova, OʻzA