Yoxud mamlakat gʻururini pulga almashtirmaydi

Mana, 70 yildirki, Yaqin Sharqdagi hodisalar yoki mintaqa mojarosi xalqaro hayotning eng muhim mavzusi boʻlib qolyapti. Eng yirik agentliklar va OAV mintaqaning uch yoʻnalishidagi ziddiyatlar – Isroil-Falastin, Isroil-Suriya, Isroil-Livanning yechilmagan hududiy va harbiy-siyosiy nizosini yozishdan charchagani yoʻq. Tilga olganlarimiz ichida eng qadimiysi Isroil-Falastin mojarosidir. Oʻtgan yillar mobaynida dunyoning qudratli davlatlari – AQSH va Sovet Ittifoqi, keyinchalik, AQSH, Rossiya, Yevropa Ittifoqi va BMT oraga tushishga urindi hamda turli tinchlik tashabbuslarini ilgari surdi. Ammo bu rejalar har doim yo Isroil yoki Falastin tomonidan rad etib kelindi.

AQSH prezidenti Donald Tramp 2016-yili oʻzining saylovoldi dasturida Yaqin Sharq mojarosiga “malham” topish niyatini eʼlon qildi. Ammo bu daʼvo koʻproq Isroilning manfaatlariga xizmat qildi. Tramp 2017-yil dekabrda Quddusni Isroilning poytaxti sifatida tan olib, AQSHning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan muqaddas shaharga koʻchirishni eʼlon qilgan boʻlsa, 2019-yilda Suriyaga qarashli, ammo Isroil bosib olgan Joʻlon tepaliklarini “Isroil yurisdiksiyasidagi hudud”, deya eʼtirof etdi. Bu bilan arablarning ishonchidan mahrum boʻlganiga qaramay, 2019-yil iyun oyining oxirida Donald Tramp maʼmuriyati “asr kelishuvi” deb nom olgan shartnoma loyihasining iqtisodiy qismini eʼlon qildi. Ushbu balandparvoz nomlanish ortida Falastin-Isroil muammosini barqarorlashtirishga oid Amerikaning yangi rejasi yashiringan. Oq Uy rahbarining ambitsiyali loyihasi taqdimoti uchun xalqaro maydon sifatida 25-26-iyun kunlari Baxrayn poytaxti Manamada oʻtkazilgan “Tinchlikdan farovonlik sari” nomli konferensiya tanlandi. “Asr kelishuvi”ning amalga oshirilishidagi birinchi bosqich “iqtisodiy tinchlik” boʻlishi nazarda tutilgan gʻoyani nafaqat Tramp, balki Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham ilgari surmoqda.

“Iqtisodiy tinchlik”ning mohiyati esa biznes va siyosiy masalalar qarorini ajratishdan iborat. Reja mualliflari amaliy aloqalar oʻzaro ishonchni yoʻlga qoʻyishga va vaqti kelib siyosiy tinchlikni oʻrnatishga xizmat qilishidan umidvorlar. Boshqacha aytganda, falastinliklar Isroil bilan tinchlikda yashash foydali ekanligiga, keyinchalik ularning oʻzi yon berib qolishiga ishonishi kerak. Bunday oʻy-xayolga nafaqat mintaqa davlatlari, balki AQSHning oʻzi ham ishonmasa kerak. Zero, aksariyat ekspert doiralarda, “falastinliklarga foydali kelishuv oʻrniga taslim boʻlish taklifi bildirilyapti”, degan fikrlar yangramoqda.

Tinchlikka zid jarayonlar

“Asr kelishuvi” va uning istiqbollarini muhokama qilishdan avval arab-isroil mojarosi tarixiga nazar tashlasak. Uning rasmiy boshlanishi 1947-yilga, aniqrogʻi, BMT Bosh Assambleyasi tarixiy Falastin yerlarini ikki davlatga – arab va yahudiylar davlatiga ajratish, Quddusga xalqaro boshqaruvdagi maqom berilishini koʻzda tutgan qaror qabul qilgan paytga toʻgʻri keladi. Biroq chinakam qarama-qarshilik 1930-yillarda boshlandi.

Muammoni yechishga urinilmadi, deyish notoʻgʻri, albatta. Oʻtgan oʻn yilliklar mobaynida muzokaralarning barcha ehtimoliy shakllari sinab koʻrildi, eng ekzotik tashabbuslar ilgari surildi, biroq tinchlik shartnomasi imzolanmadi. 1990-yillarda barqarorlashtirish tamoyillari kelishib olindi: “ikki xalq uchun ikki davlat” va “tinchlik evaziga yerlar”, qolaversa, Falastinda oʻzini oʻzi boshqarish organlarini tuzish. Soʻngra Isroilning Iordan daryosining gʻarbiy sohilida yahudiylar uchun manzilgohlarni qurishga kirishib ketgani tufayli tinchlik jarayoni joyida depsinib qoldi, 2010-yildan muzokaralar deyarli boshi berk koʻchaga kirdi. Falastinliklar bosib olingan hududlarda yahudiylar manzilgohlari qurilishi toʻxtatilishini talab qilgan boʻlsa, Isroil dastlabki shartlarsiz muzokaralar boshlashni taklif etdi. Shundan soʻng vaziyat yanada chigallashdi.

Falastin-Isroil mojarosini barqarorlashtirishning murakkabligi uning koʻp qirrali ekanligida. Bu shunchaki hududiy bahs emas. “Yakuniy maqom toʻgʻrisida”gi kelishuv beshta muhim masalani qamrab olishi shart. Bular – chegaralar, Quddus maqomi, Isroil xavfsizligini taʼminlash, qochoqlarning qaytishi, mintaqa uchun hayot-mamot masalasi boʻlgan suv resurslarini taqsimlash muammolaridir. Bu jihatlarning barchasi oʻtkir va har ikki tomon uchun ogʻriqli mavzu. Ushbu punktlardan birortasi boʻyicha tushunmovchilik tinchlik qaror topishini imkonsiz qilib qoʻyadi.

Barqarorlashtirishning biznes rejasi

Donald Trampning 2016-yildagi saylovoldi vaʼdasi keyinchalik “asr kelishuvi” nomi bilan atalgan tashabbusga aylandi. 1993-yildan beri Amerika prezidentlarining birortasi arab-isroil ziddiyatlarining Falastin yoʻnalishida jiddiy siljishga erisholmagani uchun bunday nomlanish qaysidir jihatdan oʻzini oqlaydi. Tramp yondashuvidagi yangilik masala yechimi bilan shugʻullanishni Davlat Departamentiga emas, balki prezident kuyovi – yahudiy millatiga mansub, diplomatik ish tajribasiga ega boʻlmagan, biroq Oq Uy rahbarining cheklanmagan ishonchiga sazovor inson Jared Kushnerga topshirilishida boʻldi. Muzokaralar bevosita Yaqin Sharqdagi vaziyatni toʻgʻri baholaydigan advokat Jeyson Grinblattga ishonib topshirildi. Bu esa kuzatuvchilarni hushyor torttirdi. Biroq chinakam hissiyotlar kelishuvning ayrim ikir-chikirlari OAVda bosqichma-bosqich paydo boʻla boshlaganidan keyin qaynay boshladi. Eʼtiborlisi shundaki, u yoki bu gʻoyaga jamoatchilikning reaksiyasini tekshirish uchun yoki istalmagan muzokaralarni sabotaj qilish uchun bunday axborot sizib chiqariladi.

Eski muammoli Yangi Falastin

Nihoyat, joriy yilning may oyi boshida tashabbus tasvirlari batamom oydinlashdi. Isroil jurnalistlarining aniqlashicha, Tramp rejasi Isroil, Iordan daryosining gʻarbiy qirgʻogʻini nazorat qiladigan Falastin milliy maʼmuriyati va Gʻazo sektorini idora qilayotgan Xamas ishtirokida tinchlik shartnomasiga erishishni koʻzda tutadi. Natijada “Yangi Falastin” davlati dunyoga kelishi kerak.

Yaʼni ushbu shartnomaga koʻra, yahudiy manzilgohlari joylashgan Gʻarbiy sohildagi yerlar Isroil tasarrufiga oʻtadi. Shu tariqa Quddus birdaniga ikki davlatning poytaxtiga aylanadi, biroq shahar ustidan, eng asosiysi, muqaddas qadamjolar ustidan nazorat isroilliklar qoʻlida qoladi. Bunday shart Sharqiy Quddusni, ayniqsa, Muqaddas Masjidul Aqso joylashgan shahar qismini oʻzining poytaxti sifatida orzu qiladigan Falastin xalqini qanoatlantirmasligi tabiiy.

AQSH tomonidan Gʻazo sektori uchun ham alohida qaror taklif etilmoqda. Falastinliklar aeroport joylashtirish, sanoat korxonalari qurish va qishloq ekinlari yetishtirish uchun Misrdan Sinay yarim orolining tutash hududlarini ijaraga olishlari mumkin, biroq u yerda yashashga ruxsat berilmaydi. Ayni paytda Gʻazo va Iordan daryosi gʻarbiy sohilini shosse birlashtirib turmogʻi kerak.

Yangi Falastin oʻz armiyasiga ega boʻlolmaydi, mamlakatda faqatgina ogʻir qurolsiz politsiya kuchlari faoliyat yurita oladi, tashqi agressiyadan esa Isroil himoya qiladi. Shunday qilib, yahudiylar davlati butun tarixiy Falastin chegaralari va havo boʻshligʻi ustidan nazoratni saqlab qoladi. Oxirgi yillarda Isroil bilan muntazam qarama-qarshilikka borgan XAMAS harakatining toʻliq qurolsizlanishi sharti qoʻyiladi. Bu — bitimning siyosiy qismi. Ammo AQSH maʼmuriyati uning tafsilotlarini AQSHdagi prezidentlik saylovi arafasida rasman eʼlon qilishini maʼlum qildi.

“Asr kelishuvi”ning eng muhim qismi moliyaviy masala hisoblanadi. Tinchlik jarayonini moliyalashtirishni qisman AQSH va Yevropa Ittifoqi oʻz boʻyniga oladi, biroq infratuzilmalarni rivojlantirish, yer ijarasi toʻlovi va boshqa xarajatlarning 70 foizi Fors koʻrfazida neft biznesini yuritadigan tadbirkorlar tomonidan qoplanishi belgilangan.

Kushner hikoya qilgan choralar Falastin va qoʻshni davlatlarda 50 milliard dollar hajmdagi davlat hamda xususiy investitsiyalarni joylashtirishni koʻzda tutadi. Bu falastinliklar uchun kamida 1 million ish oʻrni yaratishga, shuningdek, Falastin milliy administratsiyasi (FMA)ning yalpi ichki mahsulotini 10 yil mobaynida ikki barobarga oshirishga imkon beradi. Bu mablagʻning 28 milliardi FMA va Gʻazo sektori iqtisodiyotini rivojlantirishga sarflansa, 7,5 milliardi Iordaniya, 9 milliardi Misr va 6 milliardi Livan hududidagi falastinliklarga berildi. Oq Uyning tashabbusi Falastindagi infratuzilmaviy, sanoat, tibbiyot, sayyohlik va taʼlim sohalaridagi 100 dan ziyod loyihani amalga oshirishni koʻzda tutadi. Umuman olganda, nihoyatda manfaatli koʻringan bu reja Falastin xalqining tarixida yangi, yaʼni erkinlik va gʻururidan mahrum etadigan sahifani ochadi, xolos.

Zamini puch gʻoya

Taʼkidlash lozim, “asr kelishuvi”ning amalga oshishi haqiqatdan ancha yiroq. Zero, falastinliklar Gʻarbiy sohilning yarim hududini topshirib, oʻzlari tomoshabin boʻlib oʻtirishini, oʻzini himoya qilish huquqiga ega boʻlmagan davlatda yashashga rozilik berishini tasavvur qilish qiyin. Oʻz poytaxtini Sharqiy Quddusda joylashtirish gʻoyasidan voz kechishi ham shubhali. Hozircha ularga atigi Abu-Dis maskanini berish taklif etilmoqda. AQSH rejasida Yaqin Sharqqa sochib yuborilgan bir necha million falastinlik qochoqlarning qaytarilishi haqida ham hech narsa deyilmagan. XAMASni qurolsizlantirish fantastik hikoyaga oʻxshab ketadi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, ish bunday ssenariy asosida rivojlanmaydi. “Asr kelishuvi” muvaffaqiyatiga AQSHning oʻzi ham ishonmaydi. Eʼtiborlisi shundaki, Davlat kotibi Maykl Pompeo kelishuv faqat Isroilga yoqishini oshkora tan oldi. Falastin rahbari Mahmud Abbosning fikricha, avvaldan yolgʻon ustiga qurilgani uchun “asr kelishuvi”ning kelajagi yoʻq. FATH Oq uyning “asr kelishuvi” deb atalayotgan ushbu rejasini “ Falastin xalqiga taklif qilinayotgan va arab pullariga asoslangan pora” deb atadi. Tashkilot AQSHning taklifi haqiqatda mustaqil davlatni orzu qilayotgan falastinliklar umidlariga chek qoʻyadi, deb hisoblamoqda. FMA forumni boykot qilgani sababli ayrim arab davlatlari, jumladan, Iroq va Livan ham Manama anjumanida qatnashishdan bosh tortdi.

Bir soʻz bilan aytganda, “asr kelishuvi” Isroil davlati hech qachon Falastinga tom maʼnodagi mustaqillikni tuhfa etishni xohlamasligini namoyish etdi. Shunday boʻlishi turgan gap. Chunki Falastin Osiyo, Afrika va Yevropa chorrahasi tutashgan nuqtada joylashgani bilan qulay joʻgʻrofiy, strategik ahamiyatga ega.

Abduvali SAYBNAZAROV.
Manba: “Mahalla“ gazetasi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Asr kelishuvi” Falastinga porami?