O‘zA O`zbek

03.10.2018 Chop etish versiyasi

Armaniston Prezidenti olti vazirni lavozimidan ozod qilish haqidagi farmonni imzoladi

Armaniston Prezidenti olti vazirni lavozimidan ozod qilish haqidagi farmonni imzoladi

Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan olti vazirni lavozimidan ozod qilish haqidagi farmonni imzoladi, deyiladi mamlakat rahbarining matbuot markazi maʼlumotida.

Taʼkidlanishicha, oʻzgarishlar bosh vazir Nikola Pashinyanning tavsiyalariga koʻra amalga oshirilgan boʻlib, “Rivojlangan Armaniston” va “Dashnaksutyun” partiyalarining aʼzolari isteʼfoga chiqarilgan. Maʼlumotda mamlakatning energetik infratizim va tabiiy resurslar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri, Sport va yoshlar masalalari boʻyicha vaziri, Transport, aloqa va informatsion texnologiyalar vaziri, shuningdek, Iqtisodiy rivojlanish va investitsiya vaziri hamda Qishloq xoʻjaligi vaziri ishdan olingani aytilgan.

Eslatib oʻtamiz, kecha Yerevanda ommaviy namoyishlar boshlangan, Pashinyan yurtdoshlarini parlamentdagilar navbatdan tashqari saylovlar oʻtkazishga qarshilik qilmasligi uchun namoyishga chiqishga chaqirgan.

2 071
OʻzA