O‘zA O`zbek

11.10.2018 08:58:04 Chop etish versiyasi

Armaniston bosh vaziri isteʼfoga chiqadi


Armaniston bosh vaziri 16-oktyabrdan isteʼfoga chiqishga tayyorligini maʼlum qildi.

France24 telekanalidagi chiqishi chogʻida Pashinyan mamlakatdagi navbatdan tashqari saylovlar taxminan shu yilning 9-10-dekabr kunlari boʻlib oʻtishini maʼlum qildi. Shuning uchun Pashinyan bu muddatga qadar isteʼfoga chiqishni moʻljallagan. Yangi parlament va bosh vazir sayloviga qadar Pashinyan Armaniston hukumati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlib turadi.