O‘zA O`zbek

23.09.2020 Chop etish versiyasi

“Arktika” muzyorar kemasi sinovdan oʻtkazilmoqda

“Arktika” muzyorar kemasi sinovdan oʻtkazilmoqda

Joriy yilning 22-sentyabr kuni “Arktika” muzyorar kemasi Sankt-Peterburg shahridan Murmansk bandargohi tomon yoʻl oldi.

Atom muzyorari haraktlanishi chogʻida uning muzliklar sharoitida ishlashi tekshiriladi. Safar taxminan ikki hafta davom etadi.

Atomkemasi tarixda birinchi bora Shimoliy qutbga suzib bora olgan afsonaviy mashhur “Arktika” muzyorar kemasining sharafiga nomlangan. Yangi kema jahondagi eng katta va eng yuqori quvvatli atom muzyoraridir.

“Sof energiya”ning yozishicha, “Arktika” boshqa kemalarni Arktikaning gʻarbiy hududlariga mustaqil oʻtkazish uchun moʻljallangan. Muzyorar quvvati 175 MVtli “RITM-200” yangi avlod reaktorlari bugʻ manbai boʻlgan qoʻshreaktorli energiyaviy qurilma bilan jihozlangan.

Portga joʻnab ketish arafasida atomkemasining soz holatda haraktlana olishi ustida sinovlari boʻlib oʻtdi. Uning yakuniy bosqichi 16-sentyabrda tugagan edi.

2 040
OʻzA