O‘zA O`zbek

10.09.2018 19:20 Chop etish versiyasi

AQSHning yangi bojlariga Xitoy javob qaytaradi

AQSHning yangi bojlariga Xitoy javob qaytaradi XXR tashqi ishlar vazirliging rasmiy vakili Gen Shuan bugungi brifingdaAQSH Xitoy tovarlariga yangi bojlarni kiritgudek boʻlsa, unga qarshi javob choralari koʻrilishini maʼlum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Oʻtgan haftada Amerika prezidenti Donald Tramp Vashington Xitoyning 267 milliard dollarlik qiymatga ega mahsulotlariga boj qoʻyilishini eʼlon qilgan edi.

OAVning qayd etishicha,Gen Shuan oʻz nutqida Xitoy oʻz qonuniyhuquqlari vamanfaatlarini qatʼiy himoya qilishini alohida taʼkidlagan.

Joriy yilda AQSHning alyuminiy va poʻlatga boj kirgizish borasidagi yangi siyosati Xitoy noroziligiga sabab boʻldi. Natijada ikki davlat oʻrtasida savdo ziddiyati boshlandi. Dastlab Qoʻshma Shtatlar oʻz mahsulotlarining intellektual huquqlari Pekin tomonidan buzilayotganini roʻkach qilib, Xitoyning 1,3 ming nomdagi tovariga import bojlar miqdorini oshirdi. Shu yoʻl bilan Amerika Xitoy bilan koʻp milliardlik savdo defitsitini kamaytirishga erishmoqchi edi. Bundan tashqari AQSH prezidenti XXR mahsulotlariga qoʻyiladigan import bojlari miqdorini 100 milliard dollarga oshirish imkoniyatlarini aniqlash boʻyicha koʻrsatma ham berdi. Bunga javoban Xitoy Davlat kengashi Qoʻshma Shtatlarning 106 nomdagi mahsulotiga 25 foizlik import bojini kiritish boʻyicha qaror qabul qildi. Yaqinda esa Donald Tramp import bojlarining yillik miqdori 150 milliard dollarga chiqishi mumkinligidan Xitoyni ogohlantirdi. Bunga Pekin tahdidga yarasha javob boʻlishi, savdo ziddiyatida gʻalabagacha borishini maʼlum qildi.

Ikki davlat oʻrtasidagi savdo urushining ana shunday avj nuqtasida AQSH prezidenti Donald Tramp muzokara yoʻlini tanlab, joriy yilning 3 may kunida mamlakat moliya vaziri Stiven Mnuchin, savdo vaziri Uilbur Ross, davlat rahbari yordamchilari Larri Kudlou va Piter Navarro, AQSHning Xitoydagi elchisi Terri Brenstedlardan iborat oʻz delegatsiyasini Xitoyga joʻnatdi. Joriy yilning 3-4 may kunlari Pekinda oʻtkazilgan ushbu muzokaralarda tomonlar iqtisodiy masalalar, xususan savdo muammolarini hal qilish mexanizmini yaratish borasida umumiy kelishuvga erishdi. Shundan soʻng savdo masalalari muhokamasi Vashingtonga koʻchib, 17-18 may kunlarida oʻtkazilgan AQSH va Xitoy rasmiylari ishtirokidagi muzokaralarda tomonlar diqqat-eʼtiborni ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni qayta tiklashga qaratdi.

Ammo voqeaning soʻnggi rivoji ikki davlat oʻrtasida savdo ziddiyati yana keskinlashayotganini koʻrsatmoqda.

Malohat Husanova, OʻzA
1 234