O‘zA O`zbek

13.04.2020 Chop etish versiyasi

AQSHning Rossiyadagi elchisi Pol Uilan ozod qilinishidan umidvor

AQSHning Rossiyadagi elchisi Pol Uilan ozod qilinishidan umidvor

AQSHning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Jon Sallivan AQSH fuqarosi Pol Uilan ustidan bugun boshlangan sud jarayoni adolatli kechishiga umid bildirdi.

“Hozirgi murakkab bir davrda men elchi sifatida Rossiyadagi barcha amerikaliklar, xususan 16 oydan buyon panjara ortida oʻtirgan Pol Uilan haqida ham oʻylayapman“, — deyiladi AQSH elchixonasi ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan xabarda.

Diplomatning voqeaga aniqlik kiritishicha, sobiq harbiy dengiz piyoda qoʻshinlari xizmatchisi ustidan sud bugun boshlangan va Sallivan jarayon haqqoniy olib borilishiga ishonch bildirgan. Elchi Uilanga nisbatan insonparvarlik namunasi koʻrsatilishi va uning ozodlikka chiqarilishidan umidvor boʻlmoqda.

Pol Uilan Moskvada qoʻlga olingani haqidagi xabarni Federal Xavfsizlik Xizmati 2018-yilning oxirida maʼlum qilgandi. Maxsus xizmatlar bayonotida Uilan maxfiyona aksiya natijasida ushlangani, unga hozir 10 yilda 20 yilgacha qamoq jazosi xavf solib turgani bildirilgan. Ushbu mahbus bir vaqtning oʻzida AQSH, Kanada, Irlandiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega. Uilanning ukasi Pol sobiq harbiy dengiz piyoda qoʻshinlari xizmatchisi boʻlgani, Moskvaga doʻstining toʻyiga kelganini aytgan.

Sudga taqdim etilgan maʼlumotlarga qaraganda, Uilan 2007-yildan buyon muntazam ravishda Rossiyaga kelib-ketib turadi. Soʻnggi paytlarda u “Borg Warner” kompaniyasida korporativ xavfsizlik sohasida katta menejer boʻlib ishlagan. Ushbu korxona avtomobillarga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Ayblanuvchining ukasi Devid Uilan, shuningdek akasining lavozimi ayni payt qisqartirilgani va Pol ishsiz ekanini ham taʼkidlagan.

Pol Uilan bilan bogʻliq ishlarga maxfiylik maqomi berilib, rasman oshkor qilinmayapti. Buning ustiga, advokat Vladimir Jerebenkov jurnalistlarga maʼlum qilishicha, FXX xodimlari Uilanni “Metropol“ mehmonxonasida tanishidan fleshkani qabul qilib olayotganda qoʻlga olishgan. Himoya tomoni qayd etishiga qaraganda, xorijlik mijozi ushbu maʼlumot tashuvchi manbada “Sergiyev Posad” majmuasiga sayohat davomida olingan fotosuratlar bor, deb oʻylagan.

Advokat fleshkani uzatgan yigit xizmat pillapoyalari orqali koʻtarilishni koʻzlab, doʻstiga “tuzoq qoʻygan”, chunki u huquqni muhofaza qiluvchi tizimlarga aloqador va bu ishi uchun yangi yulduzlarga ega boʻlishi mumkin.

1 230
OʻzA