O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

AQSHning maxsus vakili Rossiya va Xitoyni qurollanish poygasini avj oldirayotganlikda aybladi

AQSHning maxsus vakili Rossiya va Xitoyni qurollanish poygasini avj oldirayotganlikda aybladi

AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya emas, aksincha Rossiya va Xitoy yadro qurollari poygasini boshlamoqda, shu bois Vashington, Moskva va Pekin ishtirokida uch tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi zarur, dedi AQSHning qurol-yarogʻlar nazorati boʻyicha maxsus vakili Marshall Billingsli.

Payshanba kuni Hudson Institute ilmiy muassasasida tashkil etilgan onlayn-konferensiyada Billingsliga AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning yadroviy kuchlarini modernizatsiyalashtirayotgani qurollanish poygasi hisoblanadimi, deb savol berishgandi.

“Biz ham emas, Fransiya yoki Buyuk Britaniya ham emas. Hozirda qurollanish poygasi Rossiya va Xitoy tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu bois ham AQSH prezidenti uch tomonlama muzokaralar amalga oshirilishi lozim ekanini taʼkidladi“, dedi Billingsli.

1 221
OʻzA