O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

AQSHda uchta shtat aholisi mamlakat boʻylab safar qilishdan oʻzini tiyib turishga chaqirildi

AQSHda uchta shtat aholisi mamlakat boʻylab safar qilishdan oʻzini tiyib turishga chaqirildi

AQSH kasalliklardan ogohlantirish va uni nazorat qilish markazi koronavirus tarqalishi munosabati bilan Nyu-York, Nyu-Djersi va Konnektikut shtatlari aholisini 14 kun davomida mamlakat ichkarisida safar qilmay turishga chaqirdi.

Bundan avval prezident Doald Tramp gubernatorlar bilan maslahatlashuv yakunida ushbu shtatlarda majburiy karantin oʻrniga harakatni cheklash haqida qaror qabul qilinishini aytgan edi.

Xabarda aytilishicha, faqat muhim sanoat sohalari, jumladan yuk tashish xizmatchilari, moliyaviy xizmat koʻrsatish mutaxassislari, oziq-ovqat taʼminotida ishlovchilar ushbu cheklovlardan mustasno.

“Nyu-York, Nyu-Djersi va Konnektikut gubernatorlariga oʻz shtatlariga ushbu qarorni joriy qilish uchun toʻliq huquq beriladi, deyiladi xabarda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, AQSHda COVID-19 koronavirusiga chalinish holati 120 ming kishida qayd etilgan, ulardan ikki mingdan ziyodi vafot etdi.

751
OʻzA