O‘zA O`zbek

03.06.2020 Chop etish versiyasi

AQSHda tartibsizliklar qurboni 11 kishiga yetdi

AQSHda tartibsizliklar qurboni 11 kishiga yetdi

AQSHda Jorj Floydning oʻlimi ortidan kelib chiqqan ommaviy tartibsizliklar natijasida kamida 11 kishi halok boʻldi, deb maʼlum qildi Associated Press.

Qurbonlar Chikago, Detroyt, Omaxi, Devenport, Oklend va Luisvill shtatlaridan boʻlgan. Ularning koʻpchiligi afro amerikaliklardir.

Shuningdek, tartibsizliklar davomida 100 dan ziyod kishi jarohat olgani aytilmoqda, lekin ularning aniq soni keltirilmayapti.

Mana sakkiz kundirki, Jorj Floydning oʻlimi tufayli AQSHda ommaviy noroziliklar bosilmayapti.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh AQSH koʻchalarida roʻy berayotgan zoʻravonliklarni koʻrib, qaygʻuga botganini maʼlum qildi va norozilik tinch yoʻl bilan bildirilishi kerakligini taʼkidladi.

“Nyu-York va mamlakatning boshqa shaharlarida yuz berayotgan zoʻravonliklarni koʻrib turish men uchun gʻoyat qaygʻuli. Norozilik eshitilishi kerak, biroq u tinch yoʻl bilan namoyish qilinishi lozim”, - deb yozdi bosh kotib Twitterda.

2 286
OʻzA