Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.04.2018 12:29 Chop etish versiyasi

AQShda maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

AQShda maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi Nyu-York shtatida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yo‘l o‘tkazgichga urilib ketishi oqibatida 40 dan ziyod kishi jabrlandi, deb yozadi RIA Novosti “ABC” telekanali tarqatgan xabarga asoslanib.

Yo‘l transport hodisasi kecha tunda Long-Aylendda sodir bo‘lgan. To‘qnashuvda avtobusning tomi ham qo‘porilib tushgan.

Shtat politsiyasi vakili Devid Kandelarianing ma’lum qilishicha, avtobus salonida bo‘lgan 44 yo‘lovchidan 42 nafari jabrlangan. Ularning ko‘pchiligi jiddiy jarohat olgan.

Xabarda qayd etilishicha, avtobus Yevropa sayohatidan qaytgan o‘quvchilarni Jon Kennedi xalqaro aeroportidan olib ketayotgan bo‘lgan. Yo‘l transport hodisasiga esa haydovchining avtomagistralda harakatlanishda mahalliy shart-sharoitdan bexabarligi sabab bo‘lgan.

Malohat Husanova, O‘zA
2 013