Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 11:55 Chop etish versiyasi

AQShda kuchli qor bo‘roni va rekord darajadagi sovuq

AQShda kuchli qor bo‘roni va rekord darajadagi sovuq
AQShda qor bo‘roni va kuchli sovuqda odamlar qurbon bo‘lmoqda, ko‘plab shtatlarda favqulodda vaziyat rejimi joriy qilingan. O‘tgan tunda Amerikani iqlim bombasi deya ta’riflanayotgan siklon qopladi. Mamlakat tarixida ilk marta Gavayidan tashqari barcha hududda harorat me’yoridan tushib ketgan. Hatto janubiy shtatlarga ham qor yoqqan. Aeroportlar yopilgan, yo‘llar ishdan chiqqan. Bu haqda “VESTI.RU” xabar berdi.

Amerikaning sharqiy qirg‘og‘ida iqlim bombasi – siklon 58 million aholi istiqomat qiladigan Florida va Kanada hududlarini qoplab olgan. Yigirmaga yaqin kishi sovuqdan va baxtsiz hodisalar tufayli qurbon bo‘lgan, 150 minga nafarga yaqin aholi elektrsiz qolmoqda. Soatiga 110 kilometr tezlikda esayotgan kuchli shamol elektr uzatgich tarmoqlarini ishdan chiqargan.

Nyu-York shahri hokimiyati favqulodda vaziyat rejimini joriy qildi. Bir kunga maktablar yopildi. Metrolar uzilish bilan ishlamoqda. 

Eng yirik uch aeroport  Jon Kennedi, La-Guardiya va Nyuarkda 4000 aviaparvoz bekor qilingan, o‘n minglab yo‘lovchi soatlab kutib qolmoqda.

O‘zA
3 069