O‘zA O`zbek

28.03.2020 Chop etish versiyasi

AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 100 mingdan oshdi

AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 100 mingdan oshdi
Shanba kunga kelib AQSHda COVID-19 infeksiyasidan 1544 kishi vafot etdi, deyiladi Jons Xopkins Universitetining tarqatgan maʼlumotida.

Virus yuqtirish holati boʻyicha Nyu-York shahri birinchi boʻlib turibdi. Bu yerda kecha vafot etganlar soni 366 kishini tashkil etdi, ikkinchi oʻrinda Vashington shtatining King shahri bormoqda. Bu yerda 109 ta oʻlim holati qayd etilgan.

Shunday qilib, AQSH koronavirus yuqtirish holati boʻyicha Italiyadan10 ming kishiga, Xitoydan 15 ming kishiga oldinlab ketdi.

1 342
OʻzA