O‘zA O`zbek

14.04.2020 Chop etish versiyasi

AQSHda koronavirus sababli eʼlon qilingan cheklovlarni bekor qilish rejasi ishlab chiqilmoqda

AQSHda koronavirus sababli eʼlon qilingan cheklovlarni bekor qilish rejasi ishlab chiqilmoqda

Donald Tramp oʻzining maʼmuriyati tomonidan AQSHda koronavirus sababli joriy qilingan cheklovlarni bekor qilish boʻyicha reja ishlab chiqilayotgani haqda maʼlum qildi.

“Men ushbu masalani jamoam va yetakchi ekspertlar bilan koʻp muhokama qildim. Biz mamlakatni ochish boʻyicha rejani ishlab chiqishni yakunlashga juda yaqin turibmiz. Umid qilamanki, muddatidan oldin... Tez orada shtat gubernatorlariga yangi va juda muhim tavsiyalarni taqdim etamiz. Maqsad ular oʻz shtatlarini xavfsiz ocha olsin”, — dedi Oq uy rahbari matbuot anjumanida.

“Mamlakat ochiladi, u muvaffaqiyat bilan ochiladi. Yaqin kunlarda biz nima va qanday boʻlishi haqda tushintiramiz ”, — qoʻshimcha qildi prezident.

Uning taʼkidlashicha, karantinni bekor qilish masalasini aynan davlat rahbari hal qiladi. “Ushbu masalada prezident vakolati mutloq”, — dedi Tramp.

Davlat rahbarining taʼkidlashicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar va vafot etganlar soni kundan kunga pasayib bormoqda, bu esa AQSHda epidemiya choʻqqisi ortda qolganini bildiradi.

Milliy allergiya va infuksiya kasalliklari instituti rahbari Entoni Fauchining taʼkidlashicha, mamlakat yoppasiga emas, balki bosqichma-bosqich ochilishi mumkin.

Jons Xopkins Universiteti maʼlumotlariga koʻra, hozirgacha AQSHda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 582 mingta holat qayd etilgan, 23 ming 604 kishi vafot etgan. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha AQSH dunyoda birinchi oʻrinda turibdi.

Shu bilan birga, mamlakatda “koronavirus” tashxisi bilan vafot etganlar soni qatorasiga toʻrtinchi kundirki, pasayib bormoqda. Oʻtgan juma kuni vafot etganlar soni 2 ming kishidan oshgan edi, shundan keyin bu borada pasayish kuzatilmoqda.

1 284
OʻzA