O‘zA O`zbek

15.04.2019 16:11 Chop etish versiyasi

AQShda kazuar zotli qush o‘z egasini o‘ldirdi

AQShda kazuar zotli qush o‘z egasini o‘ldirdi

Baxtsiz hodisa Florida shtatida sodir bo‘ldi.

RIA Novostining bu haqdagi xabarida ta’kidlanishicha, 75 yoshli Marvin Axosa to‘satdan yiqilganda o‘z qushi – kazuar unga hujum qilgan. Qushning qattiq zarbasidan Marvin Axosa vafot etgan.

Yirtqich qush fermaga joylashtirildi.

Kazuar dunyoda eng xavfli qush sifatida Ginness rekordlar Kitobiga kiritilgan. Bu qushning balandligi ikki metrgacha bo‘lishi, og‘irligi esa 60 kiloga yetishi mumkin.

Bu uchmaydigan qushlarning tezlanishi soatiga 50 km.gacha yetishi mumkin.

Qush tirnog‘ining uzunligi 10 sm.gacha bo‘ladi. Kazuar o‘zining baquvvat oyoqlari bilan juda og‘ir zarba berishi mumkin.

O‘zA
527