O‘zA O`zbek

06.06.2020 Chop etish versiyasi

AQSHda ikki motorli samolyot halokatga uchradi

AQSHda ikki motorli samolyot halokatga uchradi

AQSH janubi-sharqida, Jorjiya shtatida ikki dvigatelli “Piper PA-31T” rusumli samolyot qulashi oqibatida kamida besh nafar inson halok boʻlgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda “Fox 5” telekanali hukumatdagi manbalariga tayanib xabar tarqatgan.

Floridadan Indianaga yoʻl olgan havo kemasi sahnida uchuvchidan tashqari dafn marosimiga ketayotgan bir oilaning 4 aʼzosi boʻlgan. Ular orasida ikki nafar voyaga yetmagan bola ham bor edi. Qurbonlar jasadi voqea joyidan topilgan.

AQSH Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi taqdim etgan maʼlumotga qaraganda, samolyot Patnam okrugi uzra uchib oʻtayotganda kuchli dovulga duch kelgan. Falokatga aynan ushbu tabiat hodisasi sabab boʻlgani esa rasman aytilmagan.

2 156
OʻzA