O‘zA O`zbek

12.09.2019 Chop etish versiyasi

AQSh va Meksika o‘rtasidagi “harbiylashgan devor” 2020 yilga qadar qoldiriladi

AQSh va Meksika o‘rtasidagi “harbiylashgan devor” 2020 yilga qadar qoldiriladi

Pentagon noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun Meksika bilan chegarada 2020 yilga qadar besh yarim ming amerikalik harbiyni qoldiradi. Kuni kecha bu haqda AQSh mudofaa muassasasining vakili podpolkovnik Kris Mitchell ma’lum qildi.

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper 11 sentabr kuni Ichki xavfsizlik vazirligining tegishli arizasini ma’qulladi.

Yaqinda Vashingtonda AQSh va Meksika o‘rtasida migratsiya shartnomasiga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard bayonot berib, davlat xavfsiz uchinchi mamlakat bo‘lish niyatida emasligini ta’kidladi. Bu degani Meksika orqali o‘tib AQShdan boshpana olmoqchi bo‘lgan shaxslar avvaliga Meksikadan boshpana so‘rashi lozim bo‘ladi.

Shu bilan birga Ebrard uchrashuv “do‘stona” bo‘lganini ta’kidladi. Migratsiya masalasida hamon qarama-qarshiliklar davom etayotganiga qaramay, uning aytishicha, ikki qo‘shni davlat va savdo hamkorlar o‘rtasidagi inqirozli vaziyat barham topdi.

Tramp noqonuniy muhojirlar oqimining to‘xtatilishi o‘z ma’muriyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini e’lon qildi. AQSh migratsiya siyosatini va noqonuniy muhojirlarga qarshi harakatlarini kuchaytirmoqda, mamlakatda noqonuniy muhojirlar soni 10 million kishidan oshib ketishi aytiladi. Iyul oyida AQSh rasmiylari migratsiya xizmati xodimlarining vakolatlari kengaytirilgani borasida e’lon qildilar.

Ayni damda AQShning Meksika bilan chegarasiga besh mingdan ortiq amerikalik harbiy joylashtirilgan. Ular AQSh chegara xizmatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bundan avval Pentagon harbiy ob’ektlar qurilishi uchun budjetdan berilgan 3,5 milliard dollarni Meksika bilan chegaraga devor qurish uchun ajratilishini ma’qullagan edi.

908
O‘zA