O‘zA O`zbek

14.02.2020 Chop etish versiyasi

AQSH Ukraina bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida

AQSH Ukraina bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida

AQSH hukumati Ukraina bilan harbiy sohada hamkorlik qilishdan manfaatdor.

Pentagon rahbari Mark Esper Ukraina mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyuk bilan Bryusseldagi uchrashuvidan soʻng shunday fikr bildirdi.

“AQSH Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlaydi”, deb yozadi Esper Twitterdagi sahifasida.

Avvalroq AQSHning NATOdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchison bunday qoʻllab-quvvatlashga javoban Kiyev mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi kurash va harbiy islohotlarni jadallashtirishi kerakligini aytgandi.

2 228
OʻzA