O‘zA O`zbek

22.09.2020 Chop etish versiyasi

AQSH Tehronga nisbatan sanksiyalаrni kuchaytirdi

AQSH Tehronga nisbatan sanksiyalаrni kuchaytirdi

AQSH Eron mudofaa vazirligiga, shuningdek, Tehron bilan yadroviy sohada munosabat oʻrnatganlarga yangi sanksiyalarni joriy qildi. 

Jumladan, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro ham sanksiyalar orqali jazolanadi, deb bayonot berdi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo. 

Bu haqda “Reuters” xabar tarqatgan. 

“Bu qadam – Vashingtonning Islom respublikasiga nisbatan siyosati qayta tiklanganidan dalolatdir”, dedi u jurnalistlar oldidagi rasmiy chiqishi chogʻida. 

Taʼkidlanishicha, Qoʻshma shtatlar Eron bilan bu sohada hamkorlik qiluvchi istalgan davlatga nisbatan sanksiya qoʻllashga tayyor. 

AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan tegishli farmon imzolangan. 

Maʼlumot oʻrnida keltirish joizki, AQSHning ittifoqchilari bu borada uni qoʻllab-quvvatlayotgani yoʻq. 

20-sentyabrda BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ham AQSHning sanksiyalari masalasini koʻrib chiqilishi rad qilinganini aytib, bu borada AQSHning oʻzi xalqaro kelishuvlarni buzayotgani va unga BMT tomonidan sanksiya joriy qilinishi lozimligini taʼkidlagandi.

2 245
OʻzA