O‘zA O`zbek

25.09.2020 Chop etish versiyasi

AQSH Suriyadagi ziddiyatdan jabr koʻrganlarga insonparvarlik yordamini koʻrsatadi

AQSH Suriyadagi ziddiyatdan jabr koʻrganlarga insonparvarlik yordamini koʻrsatadi

AQSH Suriyadagi ziddiyatdan jabr koʻrgan fuqarolarga 720 million dollarlik insonparvarlik yordamini koʻrsatishga qaror qildi.

INTERFAX.RU” xabarida aytilishicha, bu haqda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo maʼlumot tarqatgan.

“Mablagʻ Suriyadagi va undan tashqaridagi jabrlanganlarga yetkaziladi”, deyiladi Qoʻshma Shtatlar Davlat departamenti saytida joylashtirilgan bayonotida.

Unga koʻra, mablagʻ Suriyaning Turkiya, Iordaniya, Livan va Iroqdagi qochoqlariga ham yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, mazkur ziddiyat boshidan buyon AQSH tomonidan bu borada 12 milliard dollarlik insonparvarlik koʻmagi koʻrsatilgani aytilgan.

“Qoʻshma shtatlar Suriyaga va butun dunyoga insonparvarlik yordami boʻyicha donor boʻlishda davom etadi”, deyiladi bayonotda.

1 664
O'zA