O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

AQSH Suriya hukumatini mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi

AQSH Suriya hukumatini mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi

AQSH Suriyani qamoqda ushlab turgan mahbuslarni ozod qilishga chaqiradi. Vashingtonning fikricha, ular asossiz ushlab turilibdi, deb bayonot berdi davlat departamenti rasmiy vakili Morgan Ortagus.

Davlat departamenti vakilining taʼkidlashicha, Suriya hukumati COVID-19 tahdidi tufayli minglab fuqarolar, jumladan AQSH fuqarolarini ham qamoqdan ozod etish uchun aniq choralar koʻrishi kerak. "Ular inson chidab boʻlmaydigan sharoitlarda, asossiz ravishda ushlab turilibdi, deyiladi bayonotda.

Uning aytishicha, Suriya turmalari “virus tarqalishi uchun juda qulay joy”. Agar vaziyat shunday davom etsa, Suriya hukumati “COVID-19 virusining tarqalishini jilovlay olmay qolishi mumkin”.

Ortagus Suriyada AQSHning qancha fuqarosi saqlanayotganiga aniqlik kiritmagan.

Hozircha mamlakatda rasman bir kishining koronavirus yuqtirish holati qayd etilgani aytilmoqda.

858
O'zA