O‘zA O`zbek

29.08.2018 15:07 Chop etish versiyasi

AQSH rahbari FIFA prezidenti bilan uchrashdi

AQSH rahbari FIFA prezidenti bilan uchrashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Oq Uyda FIFA prezidenti Jonni Infantino hamda Qoʻshma Shtatlarning sokker sporti prezidenti Karlos Karderio bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda FOX News.

Shimoliy Amerikaning futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritishi munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuv ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan uchrashuv mahalliy telekanallarda namoyish etildi.

Muhim voqeʼlik munosabati bilan Infantino hamda Karderio mamlakat rahbariga esdalik tariqasida oʻyin davomida hakam tomonidan ishlatiladigan qizil va sariq kartochkalarni taqdim etgan.

Maʼlumot oʻrnida, futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati bir yoʻla uch mamlakatda – AQSH, Kanada hamda Meksikada oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bunday qaror Xalqaro Futbol Federatsiyasining Moskva shahridagi Kongressi yigʻilishida qabul qilingan. Ushbu yakuniy xulosaga 134 delegatdan 69 nafari ovoz bergan.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
1 565