O‘zA O`zbek

12.10.2018 13:33 Chop etish versiyasi

AQSH Prezidenti Yaponiya va Xitoyni Tinch okeanini ifloslantirishda ayblamoqda

AQSH Prezidenti Yaponiya va Xitoyni Tinch okeanini ifloslantirishda ayblamoqda

“vestifinance.ru”ning yozishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda dengiz ekologiyasini himoya qilish boʻyicha yangi qonun loyihasini imzolagandan soʻng, jurnalistlarga ummon suvini “boshqalarning” “aqlga sigʻmas hajmdagi” chiqindilaridan tozalash Amerika gardaniga tushayotganini aytib oʻtgan.

Trampning soʻzlariga koʻra, Yaponiya va Xitoy yiliga 8 million tonna chiqindilarni Tinch okeaniga tashlab, suvni ifloslantirmoqda. “Aqlga sigʻmas hajmdagi” bu chiqindilar AQSH sohillariga qadar yetib borayotir. 

OAV Oq uy rahbarining soʻzlaridan iqtibos keltirgan. Unda ummondagi chiqindilar nafaqat dengiz jonzotlari, balki baliqchilar, Amerikaning sohilboʻyi hududlari iqtisodiyotiga zarar yetkazayotgani aytiladi. 

Trampning yana maʼlum qilishicha, u okeandagi chiqindilar bilan bogʻliq muammolarga boshqa mamlakatlar eʼtiborini bir necha bor tortgan.

Malohat Husanova, OʻzA
1 055