O‘zA O`zbek

31.07.2019 Chop etish versiyasi

AQSH Prezidenti Shimoliy Koreya oʻrtasidagi urush bilan bogʻliq ehtimollar haqida fikr bildirdi

AQSH Prezidenti Shimoliy Koreya oʻrtasidagi urush bilan bogʻliq ehtimollar haqida fikr bildirdi

Prezident Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi urush bilan bogʻliq ehtimollar haqida fikr bildirdi. 

Unga koʻra, keyingi oylarda ikki davlat oʻrtasidagi urush tahdidi anchagina pasaygan, lekin Koreya yarim orolining qurolsizlanishi masalasiga hali yechim topilmadi. Jurnalistlar bilan Oq uydagi uchrashuvda Tramp shimolliklar yetakchisi Kim Chen In bilan munosabati juda yaxshiligini aytdi.

Uningcha, 2016-yilgi saylovda Xillari Klinton gʻolib boʻlganida hozir AQSH va Shimoliy Koreya urush holatida boʻlardi. “Biz esa bunga yaqin ham yoʻlaganimiz yoʻq, dedi Tramp.

680
OʻzA