O‘zA O`zbek

14.02.2019 10:20:21 Chop etish versiyasi

AQSH oʻzining Polshadagi harbiy ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda


AQSHning bu mamlakatdagi elchisi Jorjett Mosbaxer “Financial Times” gazetasiga intervyusida Varshavaning soʻroviga koʻra, bu yerdagi hozir 4 mingni tashkil qiluvchi amerikalik harbiylar bir necha yuzlab miqdorda koʻpaytirilishini aytdi.

“Biz NATO aʼzolaridan yalpi ichki daromadning 2 foizini harbiy sohaga ajratishni soʻradik, ular bundan shikoyat qildi, polyaklar esa yoʻq. Menimcha, bu taqdirlanadi”, dedi elchi.