O‘zA O`zbek

03.10.2018 Chop etish versiyasi

AQSH NATOga aʼzo mamlakatlarga mudofaa xarajatlarini oshirishni eslatdi

AQSH NATOga aʼzo mamlakatlarga mudofaa xarajatlarini oshirishni eslatdi

AQSHning NATOdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchinsonning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, aʼzo davlatlarning sakkiztasida yalpi ichki mahsulotning ikki foizi miqdorida mudofaa xarajatlarini oshirish imkoni mavjud. Bu haqda u yaqinda Bryusselda boʻlib oʻtadigan NATO mamlakatlari mudofaa vazirlarining uchrashuvi oldidan maʼlum qilgan.

TASS xabariga qaraganda, Xatchinson aʼzo davlatlarning uchdan ikki qismi mazkur xarajatlar koʻrsatkichini 2024 yilgacha oshirishi koʻzda tutilganini ham aytgan. Alyansning oʻtgan sammitida Tramp mudofaa xarajatlarini oshirmagan aʼzo davlatlarga bir yoqlama choralar koʻrilishini taʼkidlagandi.

1 494
OʻzA